Понедельник, 13 Апрель 2015 18:20

Rahbariyat

Автор 
Оцените материал
(0 голосов)

Bosh direktor – Ataxanov Baxodir Alisherovich

Qabul kuni – payshanba 17:00 dan 18:00 gacha

Qabulxona telefoni: (8-371) 236-06-35

Asosiy vazifalari va funksiyalari

 

Markaz va uning hududiy organlari faoliyatini tashkil etadi, Markaz xodimlarining vazifalarini taqsimlaydi va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi, Markaz xodimlarini ishga qabul qiladi va ularni ishdan bo'shatadi hamda boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;

o'z vakolati doirasida va O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida buyruqlar, yo'riqnomalar va qarorlar chiqaradi, ko'rsatmalar beradi va ularning bajarilishini tekshiradi, Markazning tarkibiy bo'linmalari to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga, hodimlari soni va mehnatga haq to'lash fondiga o'zgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar kiritadi;

qonunchilik bilan, shu jumladan Vazirlar Mahkamasining 30.03.1996 yildagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan nizomdan kelib chiquvchi boshqa funksiyalarni bajaradi.

 

Biografik ma`lumotlar

 

  • Tug`ilgan joyi: Toshkent sh.
  • Ma`lumoti: Oliy.
  • Oliy ta`lim muassasasi nomi:
    • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2002y.)
    • Seul shahri, Koreya Universiteti (2009y.)
  • Mutaxassisligi: Buxgalteriya hisobi va audit (bakalavr),ma`muriy ish yuritish (magistr)
  • Lavozimga tayinlangan sanasi: 02.04.2013y.
  •  

    Avvalgi ish joyi: O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasi, bo`lim boshlig`i (2009-2013)

    Markazning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig'i (2007-2008)

  • Oilaviy ahvoli: Oilali.

 

 

 


Bosh direktor o`rinbosari – Razikova Svetlana Nikolaevna

Qabul kuni – seshanba 17:00 dan 18:00 gacha

Qabulxona telefoni: (8-371) 236-19-56

Asosiy vazifalari va funksiyalari

 

Markazning quyidagi tuzilmaviy boshqarmalari ustidan bevosita nazoratni amalga oshiradi:

1. Emitentlar faoliyatini va qimmatli qog'ozlar bozori qatnashchilari tomonidan axborotlar oshkor etilishini nazorat qilish boshqarmasi;

2. Qimmatli qog'ozlar chiqariluvlari yagona davlat reestrini yuritish boshqarmasi;

3. Ishlar boshqarmasi.

Quyidagi funksiyalarni bajaradi:

emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilishlarining Yagona davlat reestri yuritilishini va ularni davlat ro'yxatidan o'tkazilishini tashkil etish;

qimmatli qog'ozlar bozori qatnashchilarining kasb faoliyatini muvofiqlashtirish;

qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan hollarda ular bo'yicha ijro etish majburiy bo'lgan hulosalar va ko'rsatmalar berish, qonunni buzuvchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq huquqiy ta'sir choralari qo'llashni ta'minlash;

investorlar va qimmatli qog'ozlar egalarining aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda qatnashishdagi, dividendlar olishdagi huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha choralar ko'rish.

O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq Markazning vazifalari va vakolatlaridan kelib chiquvchi boshqa funksiyalarni bajaradi.

 

 

  • Tug`ilgan joyi: Toshkent sh.
  • Ma`lumoti: Oliy.
  • Oliy ta`lim muassasasi nomi:
    • Toshkеnt tеmir yo'l transporti muhandislari instituti (1982y.),
    • Toshkent moliya instituti (2005y.).
  • Mutaxassisligi: muhandis, moliyachi.
  • Lavozimga tayinlangan sanasi: 23.05.2001y.
  • Avvalgi ish joyi: "O'zbеkiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasi, bo`lim boshlig` (1992-1996)

     

    O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi huziridagi Qimmatli qog'ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining Axborotlashtirish, hisobot va tahlil boshqarmasi boshlig'i (2000-2001)

     

  • Oilaviy ahvoli: Oilali.

 

 

 


Bosh direktor o`rinbosari – KARIMOV FARHOD MUZAFAROVICH

Qabul kuni – dushanba 17:00 dan 18:00 gacha

Qabulxona telefoni: (8-371) 236-06-35

Asosiy vazifalari va funksiyalari

 

Markazning quyidagi tuzilmaviy boshqarmalari ustidan bevosita nazoratni amalga oshiradi:

1. Qonunchilikni takomillashtirish va qimmatli qog'ozlar bozori tahlili boshqarmasi;

2. Qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi.

Quyidagi funksiyalarni bajaradi:

qimmatli qog'ozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalashni tashkil etish;

qimmatli qog'ozlar bozorini shakllantirish va tartibga solish hamda uning qatnashchilari faoliyati masalalariga oid normativ hujjatlarni ishlab chiqish ishlarini tashkil etish;

qimmatli qog'ozlar bozoridagi professional faoliyatni muvofiqlashtirish va nazorat qilish.

O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq Markazning vazifalari va vakolatlaridan kelib chiquvchi boshqa funksiyalarni bajaradi.

Прочитано 221801 раз Последнее изменение Вторник, 14 Апрель 2015 05:51