Понедельник, 13 апреля 2015 18:25

Elektron hukumat

Автор
Оцените материал
(0 голосов)

Elektron hukumat

 

"Elektron hukumat" tizimdagi ishtirok haqida ma'lumot

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-1989-sonli qaroriga asosan mamlakatimizda 2013-2014 yillarda elektron hukumatni rivojlantirish loyihasi va chora-tadbirlari tasdiqlangan bo'lib, bu xolat davlat boshqaruvi organlarida integratsiyalashgan axborot tizimlarini yaratish, ularga yuklatilgan vazifalarni tezkor va sifatli bajarilishi ta'minlash maqsadida davlat boshqaruvi organlari faoliyatini avtomatlashtirish kabi yangi vazifalarni belgilab berdi.

Qimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'lib qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, bozorda professional faoliyatni litsenziyalash, emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqariluvi yagona davlat reestrini yuritish, aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatida korporativ boshqaruv va shaffoflik talablariga rioya qilinishini nazorat qilish, fond bozorida investorlar huquqlarini himoya qilish hisoblanadi.

Markaz faoliyati sohasida tadbirkorlik sub'ektalri, investorlar, aktsiyadorlar va qimmatli qog'ozlar bozorining boshqa ishtirokchilari, shuningdek, fuqarolar hamda boshqa davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari bilan samarali hamkorlikni yo'lga qo'yish mexanizmlarini yaratish ko'zda tutilgan.

Прочитано 268777 раз Последнее изменение Вторник, 14 апреля 2015 05:53